AsosiySUG'DIYONA

«FANTAZIYa» TORTI»

'«FANTAZIYa» TORTI»'ning rasmi

Ishbilarmon uy bekalari tajribasidan...

Zarur masalliqlar (8 kishilik): 350 gr. shokolad, 300 gr. shakar, 225 gr. sariyog`, 100 gr. pechene.

Tayyorlanishi: 1. Shokoladni kichikroq qilb bo`laklang. Idishga ozgina qaynagan suv solib, shokolad bo`laklarini ham qo`shing. Aralashtirib turgan holda past olovda qaynating. Keyin sariyog` bo`laklarini ham solib, aralashtiring. 3 daqiqacha past olovda tursin.

2. Tuxumni ko`pirtirib, shakar qo`shing. 5 daqiqa ko`pirtirib, shokoladli aralashmaga qo`shib, yaxshilab aralashtiring.

3. Pechenelarni maydalang-da, shokoladli aralashmaga solib, qoshiq yordamida ezing. Aralashmani pergament qog`oz solingan qolipga solib, 160 darajada qizdirilgan gaz pechiga 45 daqiqaga qo`ying. Pishgach, xohishingizga ko`ra yuzini maydalangan bodom bilan bezatish mumkin.

Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 10 daqiqa.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar