AsosiySavol-javob

“MEROSGA FARZANDLARIM HAM DA`VO QILIShI MUMKINMI?”

'“MEROSGA FARZANDLARIM HAM DA`VO QILIShI MUMKINMI?”'ning rasmi

— Xotin (er) vafot etgach, er (xotin) to`laqonli merosxo`r hisoblanadimi yoki farzandlarning ham da`vo qilishga haqlari bormi?

Farhod Rayimjonov, Namangan viloyati, Chust tumani

F.RAHIMOV, Notariat, advokatura va FHDYo organlari boshqarmasi katta maslahatchisi:

— Fuqarolik Kodeksining 1135-moddasidaga muvofiq qonun bo`yicha birinchi navbatdagi merosxo`rlar meros qoldiruvchining bolalari (shu jumladan farzandlikka olingan bolalari), eri (xotini) va ota-onasi (farzandlikka oluvchilar) teng ulushlarda qonun bo`yicha birinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega bo`ladilar. Meros qoldiruvchining vafotidan keyin tug`ilgan bolalari ham birinchi navbatdagi vorislar jumlasiga kiradilar.

    Boshqa yangiliklar