AsosiySavol-javob

«OTALIKNI TAN OLMASA, NIMA BO`LADI?»

'«OTALIKNI TAN OLMASA, NIMA BO`LADI?»'ning rasmi

Shu kunlarda oilamizning tinchi buzilgan. Bir ayol erimdan farzandi borligini aytib, sudga otalikni belgilash va aliment tayinlashni so`rab murojaat qilgan. Erim bularning barini inkor qilib, «Unga hech qanday aloqam yo`q» deyapti. Tabiiyki bolani ham tan olgisi yo`q. Agar otalikning belgilanishiga qarshi bo`lsak, sud buni inobatga oladimi?

Ismi sir tutildi.

Otalikni belgilash haqidagi nizolar sud tomonidan hal etilayotganida, eringiz ya`ni javobgar da`voga nisbatan uni tan olish-olmaslik haqidagi fikrini bildirishi mumkin. Lekin sud nizoni hal etishda faqatgina javobgarning fikriga tayanib qolmasdan, ishdagi boshqa holatlarga ham baho beradi.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi


    Boshqa yangiliklar