Zarur masalliqlar: 1 kg. baliq go`shti, 2-3 ta qizil bulg`or qalampiri, bitta sabzi, 3-4 dona pomidor, 1 bosh piyoz,yarimta limon sharbati, ko`katlar, tuz; sousi uchun: 3 osh qoshiq o`simlik yog`i, 3 bo`lak sarimsoqpiyoz, tuz, murch.
Tayyorlanishi: 1. Bulg`or qalampiri va pomidorni to`rtburchak shaklda to`g`rang. Sabzini qirg`ichdan o`tkazing.
2. O`simlik yog`i solingan tovada to`g`ralgan piyozni qizartirib qovuring. So`ngra pomidor, sabzi va bulg`or qalampirini qo`shib, aralashtiring. Pomidorning sharbati ajralgach, to`g`ralgan ko`katlarni soling. Oxirida limon sharbati sepib, olovni o`chiring.
3. Sous uchun o`simlik yog`iga ezilgan sarimsoqpiyoz, tuz va murch qo`shing.
4. Tozalangan baliq ichiga sabzavotli qaylani soling-da, ustidan sousni quying. Baliqlarni patnisga joylab, qizdirilgan gaz pechiga qo`ying. Taom o`rtacha haroratda 30-40 daqiqada tayyor bo`ladi. Pishgach, butunligicha dasturxonga torting.
Tayyorlanish vaqti: 1 soat
8 kishilik