Zarur masalliqlar: 500-600 gr un, 500 gr. qand upasi, 6 dona tuxum, 8 osh qoshiq asal, 2 osh qoshiq kakao, 1 choy qoshiq iste`mol sodasi, yarim choy qoshiq dolchin; glazur uchun: 2 dona tuxum oqi, 5-6 osh qoshiq qand upasi,1 choy qoshiqdan kraxmal va limon sharbati.
Tayyorlanishi: 1. Asalni olovda eriting. Alohida idishda tuxumni atalab, asal, qand upasi, soda, dolchin va kakaoni qo`shib, aralashtiring.
2. Aralashmaga oz-ozdan un solib, xamir tayyorlang. Tayyor xamirni sellofanga o`rab, 1 soatga muzlatkichga qo`ying.
3. Xamirni o`rtacha qalinlikda yoyib, turli shakllarda (archa, qorbobo, o`yinchoqlar) kesib chiqing. So`ngra pishiriq qog`ozi solingan patnisga terib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 30 daqiqaga qo`ying.
4. Tuxum oqini ko`pirtirib, kraxmal qo`shing. Limon sharbati va qand upasi solib, ko`pirtirishda davom eting.
5. Pryaniklar tayyor bo`lgach, glazur bilan bezatasiz.
Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 15 daqiqa
10 kishilik