AsosiySUG'DIYONA

ShOKOLAD+OLChALI DUET

'ShOKOLAD+OLChALI DUET 'ning rasmi

Zarur masalliqlar: 300 gr. un, 100 ml. o`simlik yog`i, 2 st. shakar, 1 stakandan sut va qaynoq suv, 4 dona tuxum, 4-5 osh qoshiq kakao, 1 choy qoshiq iste`mol sodasi, yarim quti xamiryumshatgich; kremiga: 400 gr. qaymoq, 1 st. qand upasi; ichiga solish uchun: muzlatilgan olcha yoki olcha murabbosi; bezak uchun: 2 o`ram qora shokolad.

Tayyorlanishi: 1. Tuxumni atalab, shakar, sut, o`simlik yog`i va kakaoni qo`shing. Masalliqlarni yaxshilab aralashtirgach, iste`mol sodasi va xamiryumshatgichni soling.

2. Unni qo`shgach, qaynab turgan suv solib, aralashtiring. Pishiriq qolipini yog`lab, aralashmani soling. Tort korji 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 45-50 daqiqa davomida pishadi.

3. Qaymoq bilan qand upasini aralashtirib, mikser yordamida ko`pirtiring.

4. Korj pishgach, sovuting-da, ikkiga bo`ling. Orasiga krem surtib, olchalarni terib chiqing. Usti va atrofiga krem surtib, shokolad qirindisini seping.

Tayyorlash vaqti: 1 soat

8 kishilik

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar