1

​PENSIONERLARGA IMTIYoZ SOLIQ STAVKASIGA EMAS, MAYDONGA NISBATAN BERILADI

Savol-javob 15.12.2017, 09:42
​PENSIONERLARGA IMTIYoZ SOLIQ STAVKASIGA EMAS, MAYDONGA NISBATAN BERILADI

Yaqin kunlarda pensiyaga chiqdim, viloyat markazidagi xususiy uyda yashayman. Uyning maydoni 230 kv.metrni tashkil etadi. Ma`lumotlarga ko`ra, pensionerlar 60 kv.metr maydon uchun mol-mulk solig`idan ozod bo`lib, ushbu holatda maydondan kelib chiqqan holda soliqning tabaqalashtirilgan stavkalari qo`llanilar ekan.

Tushuntirish bersangiz, pensioner 60 kv.metr maydon uchun soliqdan ozod bo`lsa, uyning soliq solinadigan maydoni 230 kv.metr emas, 170 kv.metrni tashkil etadimi? Soliqni qaysi stavka bo`yicha to`lashim kerak: 1,7 foizlik stavka bo`yichami yoki 2,1 foizlik stavka bo`yichami?

Pensioner

O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi axborot xizmati javob beradi:

  • O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 27-moddasiga muvofiq, soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarning stavkalari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi. 2017 yilda jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari Respublika Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qarori 19-ilovasi bilan belgilangan. 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab turar joylar, kvartiralar (umumiy maydoni 200 kv.metrdan oshiq bo`lganlari bundan mustasno), dala hovli qurilmalari, garajlar va boshqa imoratlar, xonalar va inshootlarga solinadigan soliqning bazaviy stavkasi mol-mulkning inventarizatsiya qiymatiga nisbatan 1,7 foiz etib belgilangan.

Shaharlarda joylashgan, umumiy maydoni quyidagicha bo`lgan turar joylar va kvartiralar uchun soliq stavkasi:

- 200 kv.metrdan oshiq va 500 kv.metrgacha bo`lsa – 2,1 foiz;

- 500 kv.metrdan oshiq bo`lsa – 2,9 foiz;

- boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.metrdan oshiq bo`lgan turar joylar va kvartiralar uchun

– 2,1 foiz etib belgilangan.

PQ-2699-sonli qarorning 19-ilovasida keltirilgan Izohlarning 2-bandiga muvofiq, Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ayrim toifadagi jismoniy shaxslar uchun mol-mulk solig`i bo`yicha imtiyozni qo`llash maqsadida soliq solinmaydigan maydon umumiy maydonning 60 kv.metr hajmida belgilandi. Soliq kodeksining 275-moddasiga muvofiq, yuqoridagi shaxslar toifasiga pensionerlar ham kiritilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, shaharda joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.metrdan oshiq va 500 kv.metrgacha bo`lgan jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi mol-mulkning kadastr hujjatlaridan kelib chiqqan holda belgilangan inventarizatsiya qiymatiga nisbatan 2,1 foizni tashkil etadi.

Byudjetga imtiyozni hisobga olgan holda to`lanishi lozim bo`lgan mol-mulkka solinadigan soliq summasi quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi:

Soliq summasi = [(S umum. – (S umum.

/ S umum.) x 60 kv.m.) x K], bunda:

S umum. – mol-mulkning umumiy inventarlash qiymati;

S umum. – mol-mulk band etgan maydonning umumiy miqdori (230 kv.metr);

K – mol-mulk solig`i stavkasi (2,1 foiz).

Imtiyoz 60 kv.metrga tatbiq etilganligi munosabati bilan sizning holatingizda soliq 170 kv.metr maydon uchuna 2,1 foizlik stavka bo`yicha hisoblanadi.

E`tibor bering, belgilangan imtiyoz:

• mulkdorning tanlashiga binoan faqat bir mol-mulk obektiga taalluqli bo`ladi.

Masalan, agar sizda dala hovli ham bo`lsa, maydonning 60 kv.metriga tatbiq etiladigan imtiyozni faqat bir obektga, ya`ni uyga yoki dala hovliga nisbatan qo`llashni tanlashingiz lozim;

• jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilgan soliq solish obektlariga nisbatan qo`llanilmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1