AsosiySUG'DIYONA

BAQLAJON+BRINZALI SALAT

'BAQLAJON+BRINZALI SALAT'ning rasmi

Zarur masalliqlar: 1-2 ta baqlajon, bitta piyoz, yarim bog` ko`k piyoz va shuncha miqdorda kashnich, 2-3 ta yashil hamda qizil bulg`or qalampiri, bitta bodring, 2-3 ta pomidor, 200 gr. yog`siz brinza, 100 gr. o`simlik yog`i, 1 choy qoshiq sirka, tuz.

Tayyorlash: 1). Baqlajonlarni halqa qilib to`g`ragach, bir osh qoshiq tuz bilan aralashtiring-da, yarim soatga qoldiring. So`ng sovuq suvda engil chayib, kesilgan halqalarni o`rtasidan ikkiga bo`lib, o`simlik yog`i solingan tovada qizartirib oling.

2). Bulg`or qalampirini katta bo`laklarga bo`lib, 15 daqiqa gaz pechida pishiring. Bodring-pomidorni esa yarim halqa shaklida kesing.

3). Piyozni halqa qilib kesgach, sovuq suvda chayib oling. So`ng ko`k piyoz va kashnichni katta qilib to`g`rang.

4). To`g`ralgan sabzavotlarni o`simlik yog`i, tuz va murch bilan aralashtirib, salat likopchasiga soling va ustini to`rtburchak to`g`ralgan brinza bilan bezating.

Tayyorlash vaqti: 40 daqiqa.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar