NIKOH TUZISh QANChA MUDDATDA AMALGA OShIRILADI?

Savol-javob 16.12.2017, 11:36
NIKOH TUZISh QANChA MUDDATDA AMALGA OShIRILADI?

— FHDYo tomonidan ro`yxatdan o`tish uchun qancha muddat ichida ariza topshirish kerak?

Telegramdan kelgan savol

H.NASIMOV, Notariat, advokutura va FHDYo organlari boshqarmasi bo`lim boshlig`i:

— Oila Kodeksining 13-moddasiga asosan, nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi. Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas.

Nikoh tuzish nikohlanuvchilarning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlariga ariza berganlaridan keyin bir oy o`tgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi.

Uzrli sabablar bo`lganda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi bir oy o`tgunga qadar nikoh tuzishga ruxsat berishi mumkin.

Alohida hollar (homiladorlik, bola tug`ilishi, bir tarafning kasalligi va boshqalar)da nikoh ariza berilgan kuni tuzilishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1