Ehtiyot bo`ling, derazadan stol-stul uloqtiriladi!
ITALIYada Yangi yil 6 yanvardan boshlanadi. Mamlakatdagi an`analarga ko`ra, bayram kuni o`tgan yildagi barcha eski narsalar tashlab yuboriladi. Aniqrog`i, derazadan uloqtiriladi. Italyanlarning bayram dasturxonida uzum, yasmiq doni va yong`oq bo`ladi. Bu uzoq umr va sog`liq garovi deganidir.
Yorug`lik bayrami!
ShVESIYada yangi yil arafasida antiqa tadbir o`tkaziladi. Unda bir guruh bolalar tomonidan yorug`lik malikasi Lyuchiya tanlanadi. Bayram oqshomida esa ko`chalarga ilingan fonuslardan atrof xuddi kunduzidek yor-yorug` bo`ladi.
Tabrik xati ixtiro qilingan davlat
Yangi yilga bag`ishlangan ilk tabrik xati 1843 yili ANGLIYada nashr etilgan bo`lib, shundan beri bayram an`anasiga aylangan.Bayram oqshomida kichik yoshdagi bolalar dasturxon ustida bo`sh likopcha qoldirishadi. Ertalab esa Santa Klaus ularni sovg`alar bilan to`ldirgan bo`ladi. Soat millari o`n ikkiga bong urganida shahar bo`ylab qo`ng`iroqlar jarangi yangraydi.
O`ziga xos taomnoma tuziladi
ShOTLANDIYada bayram kuni o`ziga hos maxsus taomnoma tuziladi. Ertalabki nonushta uchun suli yormasidan kulcha yoki quymoq, puding, echki sutidan pishloq, tushlikkao`rdak go`shtidan sho`rva tayyorlanadi. Kechki bayram dasturxoniga esa,albatta, olmali pirog qo`yiladi.
Karnavalga xush kelibsiz!
KOLUMBIYada Yangi yil bayrami masxarabozlaru ertak qahramonlari ishtirokidagi karnaval bilan boshlanadi. Papa Paskual (Qorbobo) shahar bo`ylab sayr qilib, bolalarga qiziqarli hikoyalar so`zlab beradi.
Loviya donibaxt keltiradi
Yangi yil bayram dasturxoniga fransuzlar an`anaviy pirog tayyorlashadi. Pishiriq ichiga, albatta, bir dona qizil loviya solinadi. Loviya kimga nasib etsa, u bayram qiroli deb topilib, barcha uning hoxish-istaklarini so`zsiz bajaradi.
Qorboboning mamlakatida-chi?
FINLYaNDIYada Yangi yil bayrami 25 dekabr Rojdestvo ayyomi bilan boshlanadi. O`sha kuni qo`ng`iroqchalar taqilgan kiyiklarda Laplandiyadan Santa Klaus tashrif buyurib, barchaga sovg`a-salomlar ulashadi. Bayram an`anasiga ko`ra, soat millari o`n ikkidan o`tganida finlar turli o`yinlar tashkillashtirishadi.
Eng yaxshi sovg`a – belkurak
hayron bo`layapsizmi? haqiqatan ham YaPONIYada Yangi yilda yaqinlarga belkurak sovg`a qilishadi. Bolalar esa, albatta, yangi kiyim kiyishlari kerak. Bu o`ziga hos bayram an`anasi. Yangi yil kirib kelishida 108 marta qo`ng`iroqlar bong uradi. Afsonlarga ko`ra, har bir bong urishida odamlarning ichidagi noxush o`ylar chiqib ketarkan. Dasturxonda uzun lag`mon, guruch, qizil va oq loviya bo`ladi.