AsosiySport

"Real"-"Barselona" uchrashuvini ko`rish kimga nasib qilar ekan?

Ispaniya chempionatining 29-turidan o`rin olgan "Real" hamda "Barselona" jamoalari o`rtasidagi o`yinga muxlislar qiziqishi har doimgidek juda baland.

Bundan chipta olib-sotarlari unumli foydalanib qolishga intilishmoqda. Kassadagi barcha chiptalar allaqachon sotib bo`lingan. Chiptaning rasmiy narxi sektoriga qarab 70 dan 340 evrogacha turadi. Olib-sotarlar qo`lida esa ushbu chiptalarni 300 dan 900 evrogacha sotilmoqda, deya xabar beradi AS nashri. "Santyago Bernabeu" stadioniga 83 000 nafar muxlis sig`adi. Yillik abonementga ega muxlislar soni esa 65 ming kishini tashkil qiladi.

O`zbekistonlik futbol muxlislar uchun yana bir nohush xabar: afsuski, ushbu uchrashuvni o`zbekistonlik ko`plab futbol muxlislari ko`ra olishmaydi. "Sport" telekanali hozircha faqatgina Angliya chempionatini olib bermoqda va teledasturga ushbu uchrashuv translyasiyasi kiritilmagan. Bundan tashqari "NTV+futbol" kanali ham "Real" hamda "Barselona" klublari o`rtasidagi uchrashuvni to`g`ridan-to`g`ri olib bermaydi.   Telekanalning rasmiy saytida taqdim etilgan dasturga ko`ra, "El-klassiko" faqatgina "NTV-futbol 2" kanalida to`g`ridan-to`g`ri efirga uzatiladi. Biroq bu telekanalga ulanish imkoniyati xammada xam mavjud emas. 

Eslatib o`tamiz, "Real"-"Barselona" uchrashuvi 23 mart kuni Toshkent vaqti bilan tungi 01:00 boshlanadi.

    Boshqa yangiliklar