AsosiySport

EChL chorak finaliga qur`a tashlandi

Kecha Shveysariyaning Non shahrida Chempionlar ligasiga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi. Tarixda ilk bora chorak finalga chiqqan barcha jamoalar guruh bosqichida birinchi o`rinni qo`lga kiritgan klublar hisoblanadi.

Quyidagi sahifa orqali qur`a natijalari bilan tanishib olishingiz mumkin. Unga ko`ra Ispaniyaning "Barselona" va "Atletiko" klublari chorak finalda kuch sinashadigan bo`lsalar, "Real" Dortmundning "Borussiya" klubiga qarshilik qilishi lozim bo`ladi.

Shuningdek qur`aga ko`ra, "PSJ" - "Chelsi" hamda "Manchester Yunayted" - "Bavariya" yarim finalga chiqish uchun kurash olib boradilar.

"Barselona" – "Atletiko" 

"Real" Madrid – "Borussiya" Dortmund

"PSJ" – "Chelsi" 

"Manchester Yunayted" – "Bavariya".

    Boshqa yangiliklar