AsosiySUG'DIYONA

KOLBASA TANLAYMIZ...

'KOLBASA TANLAYMIZ...'ning rasmi

Xarid qilishda kolbasaning qadog`iga, ishlab chiqarilgan sanasi va saqlash sanasiga, hamda tamg`asiga ahamiyat bering. Qurishib qolgan kolbasaning qadog`i mahsulotga nisbatan “kattalashib” qoladi. Bu esa mahsulotning ko`p saqlanganidan darak beradi.

Mahsulot do`konda qanday holatda saqlanayotganini ham kuzating. Kolbasa mahsulotlarining saqlanishi uchun eng optimal harorat 0 dan 6 darajagacha bo`lishi kerak. Demak, kolbasa mahsulotlari, albatta, muzlatkichda saqlanishi lozim.

Qaynatib pishirilgan kolbasa mahsulotlari tarkibida suv bo`lganligi bois, ularni uzoq saqlab bo`lmaydi.

Pishirib‑dudlangan kolbasaning saqlash muddati – 2 haftadan ko`p emas.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar