AsosiySUG'DIYONA

ISTE`MOL SODASI HAQIDA 6 TA FAKT

'ISTE`MOL SODASI HAQIDA 6 TA FAKT  'ning rasmi

Karam tezroq pishishi hamda o`z vitaminlarini yo`qotishini istamasangiz, karamni qaynatayotgan suvga 1 choy qoshiq iste`mol sodasi qo`shib yuboring.

Qizil loviya (fasol) va boshqa dukkakli mahsulotlarning tezroq pishishi uchun suvga 1 choy qoshiq iste`mol sodasi qo`shib yuboringiz mumkin.

Muzlatkichdagi yoqimsiz hidni yo`qotish uchun, kichik idishga (piyola yoki likopcha) iste`mol sodasi solib, bir necha kunga muzlatkichga qo`ying. U barcha yoqimsiz hidlarni o`ziga singdirib oladi.

1 litr suvga 1 choy qoshiq iste`mol sodasi soling va bu suvga ko`katlarni 5-7 daqiqaga solib qo`ying. So`ngra ko`katni chayib tashlang. Sodali suv ular tarkibidagi toksinlarni zararsizlantiradi.

Kun so`nggida oyoqlaringizda zirqirash sezsangiz, 5 litr suvga 2 choy qoshiq iste`mol sodasi solib, vanna qiling. Bu og`riqni engillatadi.

Oyoqlaringiz terlasa, poyabzalingiz ichiga biroz iste`mol sodasini solib qo`yishingiz mumkin.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar