AsosiySUG'DIYONA

SAFRO VA PEShOB HAYDOVChI O`TLAR

'SAFRO VA PEShOB HAYDOVChI O`TLAR 'ning rasmi

Igir ­– bir choy qoshiq igir ildizini, bir stakan suvga damlang va 20 daqiqaga tindirgani qo`ying. So`ngra doka bilan suzib olib, kuniga 4 mahal yarim stakandan iching.

Tol – 60 gr tol po`stlog`ini, 1 litr suvga solib, 20 daqiqa mobaynida qaynating va bir sutkaga tindirgani qo`ying. Kuniga 3 mahal ovqatdan avval yarim stakandan iching.

Qalampirmunchoq – safro haydovchi. Bir stakan suvga 8‑10 dona qalampirmunchoq damlang va biroz tindiring. Har 3 soatda 1 osh qoshiqdan iching.

Moychechak ildizi – 2 osh qoshiq maydalangan ildizga bir stakan qaynagan suv qo`yib, 8 soatga tindirgani o`rab qo`ying. Ovqatdan avval 4 mahal chorak stakan miqdorida iching.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar