1

VILOYaTLARDA TAShKIL ETILADIGAN XUSUSIY BOG`ChALARDA ELEKTR VA GAZ UChUN TO`LOVINING 50 FOIZINI DAVLAT TO`LAB BERADI

Iqtisodiyot 19.12.2017, 16:31
VILOYaTLARDA TAShKIL ETILADIGAN XUSUSIY BOG`ChALARDA ELEKTR VA GAZ UChUN TO`LOVINING 50 FOIZINI DAVLAT TO`LAB BERADI

Vazirlar Mahkamasi “O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi va uning tizimidagi muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda nodavlat maktabgacha ta`lim muassasalari faoliyatini qo`llab-quvvatlash to`g`risida”giqaror qabul qildi.

Qarorda Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar markazlari, tumanlar va shaharlarda (Toshkent shahri bundan mustasno) investisiya majburiyatlarini bajarish sharti bilan “nol” qiymatda bino berish ko`zda tutilgan.

Shuningdek, xususiy investorlarning o`ziga mulk huquqi asosida tegishli bo`lgan binolarda tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta`lim muassasalari, 2023 yil 1 yanvargacha, foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari uchun to`lovning 50 foizi o`z mablag`laridan to`lashlari, qolgan 50 foizi O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan qoplanishi belgilandi.

Qaror bilan Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasalari tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari uchun O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan oylik kompensasiyalarni to`lash tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1