1

“SUYuQ OLTIN” — ZAYTUN YoG`I HAQIDA

Salomatlik 19.12.2017, 17:04
“SUYuQ OLTIN” — ZAYTUN YoG`I HAQIDA

Zaytun yog`i o`zining ko`plab foydali xususiyatlari sabab “suyuq oltin” nomini olgan.

Aniqlanishicha, zaytun moyi injiq, joy tanlovchi yog` hisoblanadi. Agar uni saqlash yo`lini bilmasangiz, tarkibidagi inson salomatligi uchun kerak bo`lgan moddalar parchalanib ketadi. Avvalo, sotib olgan mahsulotingiz haqiqiy yoki qalbaki ekanini aniqlash maqsadida uni biroz vaqt muzlatkichda saqlang.

Haqiqiy zaytun moyining faqat ustki qavati sovuq haroratda yupqa oppoq tusga kirib qoladi. Xona haroratida esa avvalgi holiga qaytadi.
Barcha o`simlik yog`larining dushmani uchta: yorug`lik, harorat hamda iqlim. Hech qachon yog`ning ustini ochiq holda yoki gaz plitasi ustida qoldirmang.

Issiqda qolgan moy negizidagi foydali moddalar bug`lanib ketadi. Zaytun moyini gaz plitasida qayta-qayta qizdirib ishlatmang. Takror ishlatganda uning foydali moddalari zaharli unsurga aylanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1