Zarur masalliqlar (10-15 kishilik): 100 gr. margarin, 1 st. suv, 2 dona tuxum, bir chimdim tuz, 100-150 gr. un. Kremi uchun: 200 gr. qaymoq, 100 gr. qand upasi. Bezak uchun: 200 gr. qora shokolad.
Tayyorlash: 1). Chuqurroq idishga suv solib, olovga qo`ying. Qaynab chiqqach, tuz va margarin qo`shing. Margarin to`liq erishi bilan olovni biroz pastlang-da, oz-ozdan un qo`shib, yaxshilab aralashtiring.
2). Masalliqni olovdan olib, biroz sovuting. So`ng bittadan tuxum qo`shib, aralashtiring. Xamirni krem qopchasiga solib, pishiriq qog`ozi solingan patnis ustiga kichik dumaloq shakllarni yasab tering. So`ng shirinlikni qizigan gaz pechiga qo`yib, 15-20 daqiqa pishirib oling.
3). Krem uchun qaymoqni qand upasi bilan aralashtirib, mikserda ko`pirtiring.
4). Pishgan shirinlik sovugach, ikkiga ajratib, ichini krem bilan to`ldiring-da, eritilgan shokoladga botirib oling. So`ng har bir shirinlik orasiga krem surtib, archa shaklida terib chiqing. Yaxxonada muzlatilgan mevalar bo`lsa, “archa”ga bezak berishingiz ham mumkin.
Tayyorlash vaqti: 40 daqiqa.