AsosiySUG'DIYONA

LIMONLI “HALQAChA”LAR

'LIMONLI “HALQAChA”LAR'ning rasmi

Zarur masalliqlar (10-15 kishilik): 150-200 gr. un, 100 gr. makkajo`xori kraxmali, 1 choy qoshiq xamiryumshatgich, 100 gr. margarin, 2 dona tuxum sarig`i, 100 gr. shakar, 2 ta limon qirindisi. Glazur uchun: 150 gr. qand upasi, 2 osh qoshiq limon sharbati. Bezak uchun: 50 gr. bodom mag`zi, 1 quti rangli “Konfeti” shirinligi.

Tayyorlash: 1). Un, xamiryumshatgich va makkajo`xori kraxmalini aralashtiring. Alohida idishga xona haroratida erigan margarin, tuxum sarig`i, shakar va limon qirindisini solib, aralashtiring. So`ng har ikki aralashmani birlashtirib, yumshoq xamir qoring.

2). Tingan xamirdan halqa shaklini kesib, pishiriq qog`ozi solingan patnisga tering. Pechenelarni 200 daraja haroratda qizdirilgan gaz pechiga qo`yib, 15 daqiqa pishirib olasiz.

3). Glazur tayyorlash uchun limon sharbatiga qand upasini qo`shib, aralashtiring. Hosil bo`lgan aralashmani pechenelar ustiga surting. Glazur qotib qolmasidan rangli shirinliklar va bodom mag`zi bilan shirinlikni bezang.

Tayyorlash vaqti: 35 daqiqa.

Boshqa yangiliklar