AsosiySUG'DIYONA

KIR YuVIShDAGI XATOLAR VA ULARNI BARTARAF ETUVChI TAVSIYaLAR

'KIR YuVIShDAGI XATOLAR VA ULARNI BARTARAF ETUVChI TAVSIYaLAR'ning rasmi

Kir yuvish ertadan kechgacha cho`ziladigan marosim bo`lmasin desangiz, maslahatlar daftarchangizga mayda, ammo ahamiyati tavsiyalarni yozib oling. Shunda kir yuvish mashinasidan olgan buyumlaringiz hech qachon oqargan, cho`zilgan yoki rangi chaplashgan bo`lmaydi.

Issiq suv­ — tozalik garovimi?

Kir yuvish mashinalaridagi 95 darajada kiyimlar gigienik tozalanadi, deb o`ylaymiz. Aslida turli bakteriya va kasallik chaqiruvchi viruslar 40-60 darajada ham nobud bo`ladi.

Maslahat: yanglishmay desangiz, sovuqroq suvga (15 darajadan yuqori) gigienik chayuvchi kondisioner (uni ko`pincha bolalarning kiyimlariga ishlatishadi) qo`shing.

Ortiqcha kir yuvish kukuni

Kir yuvish kukuni kir mashinasiga suvning qattiqligiga ko`ra solinadi. Sovun ko`pirishi qancha qiyin bo`lsa, kukun shuncha ko`proq solinishi kerak.

Maslahat: kir yuvish mashinasining kukun solinadigan qutisida suv yuvib ketganidan so`ng ortiqchasi qolganini sezsangiz, kukun miqdorini kamaytiring. Yo`qsa, u erda mog`or hosil bo`lishi ham mumkin.

Baraban to`ldirib tashlansa...

Agar mashina barabanini haddan ortiq to`ldirib, elektr va suvni iqtisod qilaman deb o`ylasangiz, xato qilasiz. Birgina shu tufayli suv, harorat va yuvuvchi vosita o`rtasidagi proporsiya buzilib, eng yomoni, kiyimlar umuman toza bo`lib chiqmaydi. Endi uni qayta yuvishingizga to`g`ri keladi.

Maslahat: kir yuvish qoidasiga ko`ra, barabanning yuqori qismi bilan kir o`rtasida kaft kengligicha bo`sh joy qolishi kerak.

Filtrni esdan chiqarmang!

Ko`p hollarda lyuk tagida joylashtirilgan kichkina oynachaga e`tibor qilmaymiz. Aslida bu joy har ikki oyda tozalanib turishi kerak. Yo`qsa, u erda soch, boshqa mayda chiqindilar tiqilib, mashina suvni hayday olmay qoladi.

Maslahat: filtrni tozalayotganda kukun solinadigan qutini ham tozalang.

Kiyimlarni to`g`ri joylashtiring!

Nozik mato va rangli buyumlarni teskarisini o`girgan holda yuvish kerak. Bu ham bo`yoqni, ham mato tolasini yaxshi saqlaydi. Mashinaga solishdan avval kiyimlarning zanjirsimon yopqichlari taqilgan bo`lishi kerak. Aks holda baraban yoki lyuk manjeti zararlanishi mumkin.

Maslahat: byustgalterlar maxsus qopchalarda yuviladi.

Boshqa yangiliklar