1

ARAZChI BOLANI QANDAY TARBIYaLASh KERAK?

SUG'DIYONA 21.12.2017, 18:21
Teglar: Psixologiya
ARAZChI BOLANI QANDAY TARBIYaLASh KERAK?

— 10 yoshli qizim juda arazchi. Sal gapga yig`laydi, xafa bo`ladi, ovqat emay qo`yadi. Uni ko`p erkalatishga ham qo`rqaman. Qanday munosabatda bo`lishga hayronman…

Saida, Zangiota tumani

Araz qanday paydo bo`ladi?

Mutaxassislarning fikricha, bolalar uch yoshgacha o`zlari uchun muammoli vaziyatlardan tez chiqishadi, to`g`rirog`i, tez unutib yuborishadi. Biroq ular katta bo`la boshlagach, jamiyat (bog`cha, ijodiy studiyalar, maktabga tayyorlaydigan muassasalar, sport komplekslari)ga qo`shiladi. Endi bola tashqaridan o`ziga diqqat, e`tibor talab qila boshlaydi. Agar u etarli darajada bo`lmasa yoki bolaga umuman ahamiyat berilmasa, araz, gina paydo bo`lishi mumkin. Ota-ona boladagi ichki norozilik aynan qaysi vaziyatda tug`ilganini ko`p hollarda anglay olmay qoladi. U bora-bora yig`ilib, haqiqatan katta muammoga aylanadi.

Bog`cha yoshidagi bolalar o`rtasidagi ziddiyatlarning eng odatiylari — o`yinchoq, turli o`yinlar, bir-birining jig`iga tegish, laqab qo`yish kabilar. Shunday paytlarda hamisha kattalar tomonidan g`amxo`rlik tuygan bolakaylar ruhiyatida shok holati yuzaga keladi. Bu ayniqsa, kattalarning aralashuvi bilan o`sha bolani tengquriga nisbatan kamsitishsa, maqtov so`zlari aytilmasa yaqqolroq seziladi. Ba`zi bolalar o`z noroziligini ochiq-oydin bildiradi, uni xafa qilganlar kechirim so`rashlarini kutadi. Atrofdagilarning tavba-tazarru qilmasligi arazni yanada chuqurlashtiradi.

Ayrim hollarda bolaning arazlashi, xafa bo`lishiga o`zgalarning g`alamisligi sabab bo`ladi. Masalan, bola bog`chaga kelib, birinchi kundan o`z tashabbusi bilan tengdoshlariga qo`shilib o`ynamoqchi bo`ldi. Biroq bolalar uni begona ko`rib, chiqishtirishmadi. Bolaning noroziligini esa na tarbiyachi, na ota-ona e`tiborga oldi. Ana shu kabi hollarda bolaning etarli baholanmaganlik hissi arazga olib kelishi mumkin.

Endi vaziyatni sal boshqacharoq misol bilan tahlil qilib ko`ramiz. Bola bog`chaga kelib, o`ynab o`tirgan tengdoshlarini ko`radi. Ularga qo`shilib o`ynashga harakat qilmay turib, unga shunchaki e`tibor berishmagani uchun arazlab, xarxashani boshlaydi. Vaziyat yaxshilab tahlil qilinib qaralsa, bola besabab xafa bo`layapti va bunda o`zgalarni ayblayapti. Bu erda biz o`rganmoqchi bo`lgan muammoning ildizi yotadi. U ham bo`lsa o`z-o`zini baholashdir.

Senga nima bo`ldi, bolakay?

Arazchi kichkintoylarning eng xarakterli belgilaridan biri — boshqa bolalarning muvaffaqiyatini ko`ra olmaslik. Bunday farzandning oldida birov maqtalishini, eng yomoni, kim bilandir solishtirganda uning torozi pallasi bosmasligini katta iztirob bilan qabul qiladi. Bunday bolalar doimiy maqtov, ijobiy baholanishga muhtoj bo`lishadi. Basharti bu uning ko`nglidagidek yuz bermas ekan, o`z-o`zi bilan bo`lib, kechinmalari ichida o`ralashib qoladi, faqat kim yaxshiyu kim yomonligi haqida o`ylaydi, hamma vaziyatlarda o`zini haq deb biladi. Bunday haddan ortiq araz asosida bolaning o`ziga nisbatan ishonchi kamligi yotadi.

Munosabatni o`zgartiring!

Ko`pgina ota-onalar arazchi bolaning gap ko`tara olmasligi, ko`ngli nozikligini hisobga olib, uni ko`proq maqtashga, tengdoshlaridan ustunligini isbotlashga harakat qilishadi. Biroq bu bilan muammo to`liq hal bo`la qolmaydi. Har qanday baho bolaning diqqatini fe`lidagi u yoki bu xislatga qaratishga, o`zini hamisha boshqalar bilan taqqoslashiga sabab bo`lishi mumkin. Oqibatda farzand atrofidagi bolalarni o`ziga nisbatan raqobatdosh sifatida qabul qiladi.

Demak, arazchilikni engishda ota-onaning farzandini noreal baholamasligi va o`zgalar bilan taqqoslamasligi eng birinchi shart hisoblanadi. Bu gapirishga oson, ammo maqtov va tanbeh berib turish tarbiyaning odatiy usuliga aylanib bo`lgani sababli ham amal qilish nihoyatda qiyin. Afsuski, ko`pgina ota-onalar o`z mehrini bolani maqtash bilan ifodalashga harakat qilishadi. Bu bolakayni hamisha o`z qadrini bildirib qo`yuvchi, afzalligini ko`rsatuvchi tadbirlarni yuk sifatida qabul qilishiga olib keladi.

Arazchi bolalarning ota-onalari uchun eng muhim qoidalar:

  • Farzandingiz bilan hamkorlik o`rnating. Yuragidagi tug`yonlarni bildirishiga rag`batlantiring.
  • Bola bilan dildan gaplashing. Arazining sababini ifodalashiga ko`maklashing, yuz, ko`ziga diqqat bilan razm soling. Xohishlarini og`zaki ifodalashiga yordam bering.
  • Farzandingizdagi ta`sirchanlikni so`ndirishga harakat qilmang. Kerak vaqti o`z hissiyotlarini tashqariga chiqarishga imkon yarating. So`ng o`tirib, bafurja gaplashing.
  • Bolani sabr bilan eshitishga o`rganing. Maslahat, tanbeh berishga shoshmang. Avval quloq soling. Ba`zan «seni tushunaman. Menda ham shunday bo`lib turadi», deyishning o`zi ham kifoya qiladi.
  • Avval vaziyatni to`liq tushunib oling, so`ng tushuntiring. Bolaga ola-bo`ji aslida yo`qligini ming tushuntirmang, baribir ulardan qo`rqsa, bu barcha harakatlaringiz zoe ketdi, degani. Avval farzandingizning ishonchini qozoning, so`ng mantiqiy va`zni boshlash mumkin.

Shunday tarbiya usullarini olib borsangiz, farzandingiz yaqin orada arazchilikni tashlab, optimist va xushmuomala bo`lib qolganini sezasiz.

Maqola amaliyotchi ruhshunos Valentina KIM bilan hamkorlikda tayyorlandi.

Dilnoza UMAROVA

Sharhlar

BOLANI OZODALIKKA O`RGATAMIZ

21.12.2017, 18:34

Qani endi bolangiz sizni hech javratmay o`zi yuz-qo`lini, tishlarini yuvsa, yotgan o`rnini yig`ishtirsa... Bu aksar ota-onalar uchun bir orzudek. Aslida, bolani ozodalikka o`rgatish qiyin ish...
BOLAGA NIMA SOVG`A QILISh MUMKIN?

21.12.2017, 18:16

Jiyanlar, dugonalarning, qo`shnilar va tanishlarning farzandlariga sovg`a tanlayotib, chalkashib ketmaslik uchun bolalarning yoshini inobatga oling. Masalan: 1-2 yoshli bolakaylar qo`g`irchoqlar, yumshoq o`yinchoqlar, kubiklar, suratli kitoblar,...
YaNGI YILNI NIShONLASh SSENARIYSI

21.12.2017, 18:16

Yangi yil — nafaqat bolalar, hatto kattalar ham niyatlari ijobat bo`lishiga ishonadigan ertakmonand bayram. Lekin u ayniqsa bolajonlarga katta quvonch ulashadi. Axir bu kunda ular...
YaLQOVLIKNI ENGIShNING 7 QOIDASI

20.12.2017, 19:41

... Kun davomida ish bo`yicha muhim hisobot tayyorlash yoki biror loyiha haqida bosh qotirish kerak. Ammo odatdagidek, buni ortga suramiz va kun oxiriga kelib, juda...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1