1

O`ZBEKISTONDA 2017 YIL 736 MINGDAN ZIYoD YaNGI ISh O`RNI TAShKIL ETILDI

Siyosat 22.12.2017, 11:19
O`ZBEKISTONDA 2017 YIL 736 MINGDAN ZIYoD YaNGI ISh O`RNI TAShKIL ETILDI

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a`zolariga Murojaatnomasida mamlakatimizda 2017 yil amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning natijalari xususida alohida to`xtaldi.

Yil davomida biz uchun g`oyat muhim bo`lgan yangi ish o`rinlarini tashkil etish masalasi doimiy e`tiborimiz markazida bo`ldi. 2017 yilda yangi sanoat korxonalarini qurish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobidan 736 mingdan ziyod yangi ish o`rni tashkil etildi. O`z-o`zidan ayonki, biz aholi bandligini ta`minlashni o`z oldimizga ustuvor vazifa qilib qo`ygan ekanmiz, bu ko`rsatkichlarni kelgusida ham son, ham sifat jihatidan yanada oshirishga alohida ahamiyat berishimiz zarur, dedi davlatimiz rahbari.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1