1

Instagram’ning faol foydalanuvchilari soni 200 milliondan oshdi

Hi-tech 27.03.2014, 10:23
Instagram’ning faol foydalanuvchilari soni 200 milliondan oshdi

Surat hamda video joylash xizmati bo`lgan  Instagram foydalanuvchilari soni 200 milliondan oshdi.

Yarim yil ichida tarmoq auditoriyasi 3 barobarga ko`paydi, deya xabar beradi RIA axborot agentligi. 

Hozirgi kunda Instagram’ga yuklangan suratlar soni 20 milliarddan oshib ketdi, - deyiladi kompaniya blogida. 

Har kuni foydalanuvchilar tomonidan 60 millionga yaqin surat yuklanadi hamda 1,6 milliard Like tugmasi bosiladi. Yarim yil avval bu ko`rsatkichlar 55 million hamda 1,2 milliardga teng edi. 

Instagram foydalanuvchilarining 35 foizi AQShda istiqomat qiladi. Shuningdek, Instagram hozirda AQSh hududida foto va video reklamalarni joriy qilish ustida ish olib bormoqda. Boshqa mamlakatlarda reklama qachon paydo bo`lishi hozircha noma`lum.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1