AsosiySUG'DIYONA

«IChKILIK BO`LMASA EDI...»

'«IChKILIK BO`LMASA EDI...»'ning rasmi

Sayyora, 30 yosh, Jizzax viloyati:

— Turmushga chiqqanimga o`n yil bo`libdi. Ikki farzandim bor. Qaynona-qaynotam bilan birga yashaymiz. Shu yillar ichida tinch, osoyishta, xotirjam yashaganimni bilmayman. Erim ichadi. Kichkina do`konchamiz bor. Daromadimiz yaxshi. Lekin u erda doim erim savdo qilgani uchun ertayu kech do`kon bekorchi yigitlar bilan to`la bo`ladi. O`tirib ichishadi ham. Ichmagan kuni yo`q. Uning kasriga men qolaman. Sal narsaga janjal ko`taradi. Kaltaklaydi. Ilgari bolalarimiz kichkina paytida yig`lab kolsa ham meni do`pposlardi:

— Bitta bolaga eplab qaray olmaysan? O`chir ovozini... — shu bilan qiyomat qoyim bo`ladi.

Eng yomoni, bu paytda qaynonam ham, qaynotam ham yonimni olmaydi. Aksincha, ba`zida kaltak eyishimga ularning o`zlari ham sababchi bo`ladi. Mast-alast o`g`liga qaynonam jahl qiladi:

— Sen kun bo`yi do`konda mazza qilib ichib o`tir! Men oyoq og`riq holimga mollarni sug`oray. Mana, bugun mazam bo`lmay yotdim, mollar suvsiz qoldi. Orada kelib xabar olsang bo`ladi-ku!

Tamom, shu bilan yana men baloga qolaman.

— Sen nima ish qilding? — deya do`pposlashga tushadi.

Farzandlarim kichikligida onamnikiga ketib qolgan paytlarim ham bo`lgan. Hozir bolalarim maktabga boryapti. Ularni ergashtirib, onamnikiga borishimning o`zi kulgili. Erim ichmagan paytida yomon gapirmaydi. Afsuski, uning ichmaydigan kuni bo`lsa ekan. Bu odatini tashlatishning iloji bormikan?

Maslahat: — Menimcha, bu muammo mahalla fuqarolar yig`ini bilan osongina hal bo`ladi. Siz emas, qaynotangizmi, qaynonangizmi ularga do`konda yig`ilayotgan bekorchi yigitlar va ichishlari haqida aytishlari lozim. Shunda mahalla oqsoqolining o`zi ular bilan gaplashadi. Tabiiyki, do`kondan ichuvchilar qadami uzilsa, eringiz ham ichmaydi va hammasi iziga tushadi.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar