1

BUGUN TOShKENT ShAHRIDAGI 11 TA TUMANNING HAR BIRIGA 30 DEPUTAT SAYLANIShI BELGILANGAN

Siyosat 24.12.2017, 08:09
BUGUN TOShKENT ShAHRIDAGI 11 TA TUMANNING HAR BIRIGA 30 DEPUTAT SAYLANIShI BELGILANGAN

Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlari sayloviga munosib nomzodlar saralandi. 11 tumanning har biriga 30 deputat saylanishi belgilangan. Poytaxtimizda 330 saylov okrugi tashkil etilgan bo`lib, 855 saylov uchastkasi saylov qonunchiligida nazarda tutilgan zamonaviy axborot-kommunikasiya vositalari, zarur jihozlar bilan ta`minlangan. Ayni paytda mazkur saylov uchastkalari saylovchilar bilan gavjum bo`lib bormoqda.

Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlari deputatligiga 1 ming 650 nomzod ro`yxatga olingan. Jarayonda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 4 siyosiy partiya, shuningdek, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari o`z nomzodlari bilan faol ishtirok etmoqda.

Saylov uchastkalarida jarayon qizg`in. Saylovchilar faolligi kuzatilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1