1

TURK VA O`ZBEK TUROPERATORLARI O`ZARO TAJRIBA ALMAShIShDI

Madaniyat 25.12.2017, 16:21
TURK VA O`ZBEK TUROPERATORLARI  O`ZARO TAJRIBA ALMAShIShDI

O`zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi va Turkiya Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasiMadaniyat va ma`rifat boshqarmasi tashabbusi bilan mamlakatimizda o`zbek va turk turoperatorlari ishtirokida bir qator tadbirlar tashkil etildi.

Turkiyadan tashrif buyurgan bir qator sayyohlik agentliklari vakillari va turoperatorlar Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida bo`lib, yurtimizning go`zal tabiati, me`moriy yodgorliklari, bugungi qiyofasi, amalga oshirilayotgan ishlar, sayyohlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Ma`lumki, O`zbekiston va Turkiya o`zining mushtarak tarixi, go`zal osori atiqalari bilan azaldan sayyohlar e`tiborini o`ziga tortib kelgan. Har ikki mamlakatda buyuk ajdodlarimiz yaratib qoldirgan yuzlab tarixiy obidalar, masjid va madrasalar, maqbara va karvonsaroylar qo`r to`kib turibdi. Turli mamlakatlardan kelgan mehmonlarni tarixiy qadriyatlar, ajdodlar merosi, tarixiy obidalarning o`ziga xos jihatlari bilan tanishtirish soha mutaxassislari zimmasiga katta mas`uliyat yuklaydi.

–Mazkur tadbirlar kutilganidan ham yuksak saviyada o`tgani uchun o`zbek hamkasblarimizdan benihoya mamnunmiz, – deydi Turkiya turistik operatorlar uyushmasi (TUREB) rahbari Ahmet Zaki. – Bizning uyushmamizzsi 11 mingdan ortiq oliy ma`lumotli, malakali gidlarni o`zida birlashtirgan bo`lib, ular dunyoning turli hududlaridan kelgan sayyohlarda 37 tilda xizmat ko`rsatadi. Biz mazkur tadbirda o`zbekistonlik soha mutaxassislari bilan o`z tajribalarimizni bo`lishdik, shu bilan birgahamkasblarimizning ham ish faoliyatidagi maqbul jihatlarni o`zimiz uchun kashf etdik.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1