1

SNOUDEN YaNGI MOBIL DASTURNI TAQDIM ETDI

Hi-tech 25.12.2017, 17:52
SNOUDEN YaNGI MOBIL DASTURNI TAQDIM ETDI

AQSh Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snouden va «Matbuot erkinligi» amerika jamg`armasi smartfonni kuzatuvlardan himoya qiluvchi tizimga aylantiruvchi yangi mobil dasturni taqdim etdi.

Mutaxassislarning fikricha, telefonning egasi qurilmani uyida yoki mehmonxonadagi xonasida qoldirishi kerak. Haven yordamida qurilma yashirin video va audio yozuvni amalga oshiradi hamda ularni o`z egasiga yuboradi. Dastur qimmat bo`lmagan Android smartfonlarga o`rnatish uchun mo`ljallangan. Bu haqda «Hi-tech Mail.ru» xabar berdi.

Dastur yordamida smartfonga ruxsatsiz kirishga yoki josuslik dasturlarini o`rnatishga bo`lgan urinishlardan xabardor bo`lish mumkin.

Snoudenning fikricha, dastur foydalanuvchilarga kimdir xonada tintuv o`tkazgani yoki eshitish qurilmalarini o`rnatganini bilishga imkon beradi. Ushbu dasturning nomi Haven deb ataladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1