Zarur masalliqlar: 300-400 gr. un, 100 gr. margarin, 1,5 st shakar, 4 dona tuxum, 4 osh qoshiq asal, 1 choy qoshiq iste`mol sodasi; kremiga: 500 gr. qaymoq, 200 gr. qand upasi; ichiga solishga: 2 ta banan; bezak uchun: kokos qirindisi.
Tayyorlanishi: 1. Suv bug`ida asalni eritib, margarini va shakar qo`shing. Shakar erigach, tuxumni bittalab solasiz.
2. Iste`mol sodasini qo`shib, aralashtiring. Aralashma shishib ko`tarilgach, olovdan olib, un solib, xamir tayyorlang. Xamirdan 8 ta zuvala yasang.
3. Zuvalalarni o`rtacha qalinlikda yoyib, qizdirilgan gaz pechida 8-10 daqiqa davomida pishirib olasiz.
4. Qaymoqqa qand upasini aralashtirib, krem tayyorlang. Tayyor korjlarga krem surtib, aylana shaklda to`g`ralgan bananlarni terib chiqing. Eng ustki qavatiga krem surtib, kakos qirindisini seping.
5. Shirinlik bir kun shu holicha turishi kerak. So`ngra to`rtburchak shaklda kesib, dasturxonga tortasiz.
Tayyorlanish vaqti: 50 daqiqa
10 kishilik






