1

«O`ZBEKKINO» XITOY KOMPANIYa BILAN BADIIY FILM SURATGA OLADI

Madaniyat 27.12.2017, 11:59
«O`ZBEKKINO» XITOY KOMPANIYa BILAN BADIIY FILM SURATGA OLADI

Yurtimizga Xitoy kino sanoatining yirik vakillaridan iborat delegasiya tashrif buyurdi. Tashrif doirasida delegasiya a`zolarining qator uchrashuvlar o`tkazishi rejalashtirilgan. Ana shunday uchrashuvlardan biri "O`zbekkino" Milliy agentligi vakillari bilan bo`lib o`tdi.

Delegasiya tarkibidan «China Film Promotion International» bosh direktori Gu Gusin, «Guangzhou Fidek Co.» kompaniyasi raisi Xo Fun Chyu, «Film Asia Production & Distribution Co.» Xalqaro hamkorlik departamenti o`rinbosari An Ley, Shinjon kinokompaniyasining filmlar ishlab chiqarish va distribusiyasi bo`yicha raisi Chjan Xaybin hamda "Wuhu Star Huge Screen Co. Wuhu Star Huge Screen Co." raisi Sya Soyanlar o`rin olgan.

Uchrashuvda O`zbekiston va XXR o`rtasida turli sohalarda ikki tomonlama hamkorlik aloqalari jadallik bilan rivojlanib borayotgani alohida qayd etildi. «O`zbekkino» Milliy agentligi Bosh direktori Furqat Zokirov bu aloqalar har ikki xalqni yanada yanqinlashtirishga, jipslashtirishga va o`zaro do`stona muhit hosil qilishga zamin yaratishini ta`kidlab o`tdi.

Qayd etish kerakki, bugun Xitoy mamlakati bilan madaniy aloqalar, xususan kinematografiya yo`nalishida ham aniq qadamlar ilgari bosilmoqda. Bunga ikki yurt kinoijodkorlari tomonidan suratga olinishi rejalashtirilayotgan yangi badiiy film loyihasi misol bo`la oladi. Uchrashuvda mazkur loyiha bilan bog`liq tashkiliy masalalar atroflicha muhokama etildi. Tomonlar o`zbek va xitoy xalqini bir-biriga yanada tanitishga, ular o`rtasida do`stlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qilishi kutilayotgan ushbu filmning ssenariysi, tasvirga olish makonlari, suratga olish texnikalari, unda ishtirok etadigan ijodiy guruh yuzasidan dastlabki kelishuvga erishdilar.

Uchrashuvda shuningdek, yurtimiz kinoteatrlaridan birida Xitoy media texnikalarini namuna sifatida sinovdan o`tkazish, tarixiy filmlarning ommaviy va murakkab sahnalarini birgalikda ishlash, Xitoyning CCTV telekanali bilan hamkorlikni yo`lga qo`yish va kun tartibidan o`rin olgan yana boshqa masalalar ko`rib chiqildi.
Uchrashuv so`nggida esdalik sovg`alari topshirildi.

O`zbek-Xitoy badiiy filmi bilan bog`liq ma`lumotlar:
- Film ssenariysi muallifi - Nazar Eshonqul;
- Ssenariyga Xitoy manasti va koloritini yorqinroq namoyon etuchti sahnalarini kiritish taklif etildi va 2018 yil may oyida yakuniy ssenariyni tasdiqlashga kelishildi;
- Filmning bir qismi Xitoyda, ikkinchi qismi O`zbekistonda suratga olinadi;
- Filmda har ikki mamlakatning ijodiy guruhi ish olib boradi;
- Suratga olish ishlari 2018 yilning oxiri va 2019 yilning boshlarida bo`lib o`tadi;
- Film taqdimoti va namoyishi bir vaqtning o`zida ikki mamlakatda bo`lib o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1