"Paxtakor" yangi mavsum oldidan birinchi kelishuvni amalga oshirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Manbaning ma`lum qilishicha, bungacha "Nasaf" tarkibida o`ynab kelgan chap qanot himoyachisi Farruh Sayfiev bilan ikki yillik shartnomaga imzo chekildi. Sayfiev oliy ligada qarshiliklar safida 111 uchrashuvda maydonga tushib, 13 gol muallifiga aylangan.
Farruh Sayfiev haqida qisqacha ma`lumot
Tug`ilgan sanasi: 17.01.1991
Tug`ilgan joyi: Samarqand
Kumush medal sohibi (2017)
O`zbekiston Kubogi g`olibi (2015)
O`zbekiston Superkubogi g`olibi (2016)






