MOLIYa VAZIRLIGI TIZIMIDAN 562 NAFAR XODIM IShDAN BO`ShATILGAN

Iqtisodiyot 27.12.2017, 14:52
MOLIYa VAZIRLIGI TIZIMIDAN 562 NAFAR XODIM IShDAN BO`ShATILGAN

23 dekabr kuni Toshkent shahar davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi boshlig`i hamda uning 3 nafar o`rinbosarlari egallab turgan lavozimidan chetlashtirildi.

Shundan so`ng, Moliya vazirligining hududiy boshqarma boshliqlari tomonidan joylardagi moliya idoralaridan 273 nafar (23 nafari rahbar xodimlar):

G`aznachilik idoralaridan 65 nafar (12 nafari rahbar xodim):

Pensiya jamg`armasidan 100 nafar (1 nafari rahbar xodim):

Davlat moliyaviy nazorati boshqarmalari xodimlaridan 100 nafari (4 nafari rahbar xodim) jami moliya tizimi bo`yicha 562 nafar davlat idorasi nomiga dog` tushirgan xodimlar o`z lavozimidan ozod etildi.

Moliya vazirligi tizimidagi vakant ish o`rinlarini innovasion g`oya va fikrga ega, zamonaviy texnologiyalarni yaxshi o`zlashtirgan, iqtidorli yoshlar bilan to`ldirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi hamda iqtisodiy yo`nalishdagi oliy o`quv yurtlariga murojaatlar yuborildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1