AsosiySport

Futbol maydonidagi dahshatli to`qnashuv (VIDEO)

Kievning "Dinamo" klubi sardori Oleg Gusev "Dnepr" klubiga qarshi kechgan uchrashuvda og`ir jarohat oldi. 

Uchrashuvning 23-daqiqasida yarim himoyachi "Dnepr" darvozaboni Denis Boyko bilan to`qnashib ketdi. Darvozabon to`pni egallash chog`ida Oleg Gusevning yuziga tizzasi bilan uriladi. To`qnashuvdan so`ng Gusev xushidan ketdi. Unga yaqin turgan Dnepr futbolchisi Jaba Kankava esa o`z vaqtida uning  ketib qolayotgan tilini ushlab birinchi tibbiy yordam ko`rsatdi va futbolchining hayotini saqlab qoldi.  

"Kievning Dinamo klubi shifokorlarining xabariga ko`ra, Oleg Gusevga miyaning 1-darajadagi lat eyishi tashhisi qo`yilgan. Bundan tashqari uning chakagi va bitta tishi singan",- deyiladi klub rasmiy saytida.

 

 

    Boshqa yangiliklar