1

FOLBIN «SIZNI O`LIMGA ISSIQ-SOVUQ QILIShGAN» DEBTI?!

Hidoyat sari 28.12.2017, 13:35
FOLBIN «SIZNI O`LIMGA ISSIQ-SOVUQ QILIShGAN» DEBTI?!

— Opalarim meni dam soldirgani olib borishganida «Sizlarni o`limga o`qib qo`yishgan» degan javob bo`ldi. Keyin ularga qumga dam solib berib, uyga, chorraxaga sepasizlar, keyin ziyoratgohga borib, qon chiqarasizlar, deyilibdi. Shu narsalar Islomda joizmi?

— «Sizni o`limga o`qib qo`yishgan» degan gap aqli joyida bo`lgan odamdan chiqmaydi. Buni koxin va arroflar gapiradi. Zero, banda g`aybni bilmaydi. To`g`ri, biron kishiga ko`z tekkani yoki sexrlangani belgilari bor. Ammo aynan o`limga issiq-sovuq qilinganini bilish insonning qo`lidan kelmaydi. Bu gapning xatoligini o`sha kimsaning qabristonga borib jonliq so`yishga buyurishidan xam bilib olsa bo`ladi. Allox roziligidan boshqa yo`lda, yana Alloxdan boshqaning nomini zikr qilib jonliq so`yish xarom! O`zini bilgan, aqlu xushi joyida bo`lgan mo`min odam bunday ishlarni qilmaydi.

Savol-javoblar muxlis.uz saytidan olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1