Toshkentda karate bo`yicha Markaziy Osiyo chempionati bo`lib o`tdi, deya xabar qildi Olamsport.
O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi, Sharq yakkakurashlari va jang san`atlarini rivojlantirish markazi hamda Milliy karate federasiyasi tomonidan o`tkazilgan chempionatda O`zbekiston, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Eron va Afg`oniston sportchilari qatnashdi.
Turli yosh toifalarida o`tgan bahslarda Sh.Boymuhamedov, F.Ahmadjonov, A.Usmonov, M.Xo`jaqulov, I.Sattorov, H.Badalova, N.Murtazoeva, M.Yangiboeva, G.Joldasova, B.Egamberdieva, O.Solieva, N.Tohirova kabi iste`dodli karatechilarimiz oltin medalni qo`lga kiritdi.
– Chempionat g`oliblari safidan joy olganimdan xursandman, – deydi turnir sovrindorlaridan biri Bonu Egamberdieva. – Maqsadim – kelgusi yilgi sport musobaqalarida ham muvaffaqiyatli qatnashib, tajribamni yanada oshirishdir.
28.12.2017 15:29
HILOLA BADALOVA MARKAZIY OSIYo ChEMPIONATIDA SOVRINDOR BO`LDI






