2017 YILDA O`ZBEKISTONDA DINIY SOXADA AMALGA OShIRILGAN ISLOHOTLAR SOLNOMASI

Hidoyat sari 29.12.2017, 11:03
2017 YILDA O`ZBEKISTONDA DINIY SOXADA AMALGA OShIRILGAN ISLOHOTLAR SOLNOMASI

Yakuniga etib borayotgan yil mamlakatimizda barcha yo`nalishlarda bo`lgani kabi diniy-ma`rifiy soxada ham yangiliklar, islohotlarga boy yil bo`ldi. Jaholatga qarshi ma`rifat bilan kurashish, islom ma`rifatini taratish, ajdodlarimizning boy ma`naviy merosini yanada chuqur o`rganish yo`lida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev boshchiligida ko`plab ezgu tashabbuslar, xayrli loyihalarga qo`l urildi.

O`zbekiston musulmonlari idorasining «Muslim.uz» va diniy idora Toshkent shahar vakilligining «Vakillik.uz» saytlari O`zbekistonda 2017 yilda diniy sohada amalga oshirilgan muhim voqea-hodisalar solnomasini tayyorladi.

    20 yanvar. O`zbekiston Haj delegasiyasi Makka shahrida Haj vazirligi Muassasa rahbari Toriq al-Inqaviy bilan uchrashdi. Al-Inqaviy O`zbekiston ishchi guruhining faoliyatiga yuqori baho berdi. O`zbekistonning 7 200 kishilik yangi haj kvotasi bo`yicha bayonnoma imzolandi.

    14 fevral. O`zbekiston Prezidentining «Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori e`lon qilindi.

    26 fevral. O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qashqadaryo viloyatida «Abul Mu`in an-Nasafiy» ziyoratgohidagi qayta qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.

    10 mart. O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Buxoro viloyatida Bahouddin Naqshband me`moriy majmuasini ziyorat qilib, majmuani yanada obod maskanga aylantirish yuzasidan ko`rsatmalar berdi.

    28 mart. Islom dini rivojiga ulkan hissa qo`shgan buyuk alloma Abu Iso Termiziy (Imom Termiziy) va termiziy allomalarning 14 nomdagi adabiyotlari hozirga qadar tadqiq etilgani va chop etilgani e`lon qilindi.

    21 aprel. O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Toshkentdagi «Imom at-Termiziy» jome masjidiga tashrif buyurib, masjidni tubdan qayta qurish, atrofini go`zal maskanga aylantirish yuzasidan ko`rsatma va topshiriqlar berdi.

    4—10 may kunlari O`zbekiston musulmonlari idorasi vakillaridan iborat delegasiya Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo`lib, diniy sohada o`zaro aloqalarni mustahkamlash, ekstremizm, terrorizmga qarshi kurashishda o`zaro hamkorlikni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi hamda mehnat muhojirlari, mahalliy aholi va turli tashkilotlar ishtirokidagi ma`rifiy uchrashuvlarda qatnashdi.

    24 may. ISESCO bosh direktori va Toshkent islom universiteti o`rtasida universitet tarkibida «Islom sivilizasiyasini o`rganish — ISESCO» kafedrasini tashkil etish yuzasidan anglashuv memorandumi imzolandi.

    21 may. O`zbekiston bilan Islom taraqqiyot banki o`rtasida Imom Buxoriy nomidagi xalqaro tadqiqot markazini tashkil qilish bo`yicha anglashuv memorandumi imzolandi.

    26 may. Rossiya musulmonlari diniy jamiyati taklifiga binoan, o`zbekistonlik etti nafar Qur`on qorilari Ramazon oyida tarovih namozlarini o`qib berish uchun Rossiyaga jo`nab ketdi.

    26 may. O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Toshkentdagi «Suzuk ota» jome masjidiga tashrif buyurib, maqbara va masjidni rekonstruksiya qilish, atrofini obodonlashtirish bo`yicha topshiriqlar berdi.

    30 may. 2018 yildan 10 ming nafar o`zbekistonlik Umra ziyoratini ado etishi e`lon qilindi.

    15 iyun. Toshkentda «Ijtimoiy-ma`naviy muhit barqarorlikni ta`minlash, muqaddas dinimiz sofligini asrash – davr talabi» mavzusida respublika anjumani o`tkazildi.

    23 iyun. O`zbekiston Prezidentining «O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O`zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori e`lon qilindi.

    10—13 iyul kunlari Din ishlari bo`yicha O`zbekiston delegasiyasi Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev qabulida bo`ldi.

    22 avgust. O`zbekiston Prezidentining 2017 yil 4 apreldagi «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag`batlantirish to`g`risida»gi farmoniga muvofiq, 73 nafar urush qatnashchilari, mehnat faxriylari va nuroniylar haj ziyoratiga bepul jo`natildi.

    1 sentyabr. O`zbekiston Prezidenti Hazrati Imom (Xastimom) majmuasida bo`lib, bu joyda barpo etilayotgan Islom sivilaziyasi markazi loyihasi bilan tanishdi.

    6 sentyabr. Buxoro viloyatida oliy diniy ta`lim yo`nalishidagi «Mir Arab» oliy madrasasi ochildi.

    10 sentyabr. O`zbekiston Prezidenti Islom hamkorligi tashkiloti (IHT)ning fan va texnologiya bo`yicha sammitida ishtirok etdi. Shavkat Mirziyoev islom olamidagi ilmiy yutuqlar uchun IHT mukofotini joriy etish taklifini bildirdi.

    2—5 sentyabr kunlari Tataristonning Qozon shahrida «Buyuk ipak yo`li — ma`naviyat yo`li. Bunyodkorlik. Integrasiya» mavzusida II xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda O`zbekiston delegasiyasi ishtirok etdi.

    19 sentyabr. O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so`zladi.

    30 sentyabr. Toshkent islom instituti maxsus sirtqi bo`limiga qabul e`lon qilindi.

    4 oktyabr. Xalqaro press-klubda O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning AQShga tashrifi yakunlari turkumidan «Bag`rikeng islom: tinchlik va ezgulik dini» mavzuidagi anjuman bo`lib o`tdi.

    4 oktyabr. O`zbekistonga BMT Inson huquqlari bo`yicha kengashining din va e`tiqod erkinligi masalasi bo`yicha maxsus ma`ruzachisi Ahmad Shahid tashrif buyurdi.

    9 oktyabr. O`zbekiston musulmonlari idorasida Fransiya Tashqi ishlar vazirligining din ishlari bo`yicha maslahatchisi Jan Kristof Posel bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

    17 oktyabr. O`zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Checheniston rahbari Ramzan Qodirov tarixiy qadamjolarni ziyorat qildi. Unga «Mir Arab» oliy madrasasining faxriy talabasi yorlig`i topshirildi.

    18 oktyabr. Toshkentda «Islom hamjihatligi: O`zbekiston va Ozarbayjon misolida» mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo`lib o`tdi.

    8 noyabr. Samarqand viloyatida «Hadis» va «Kalom» ilmiy maktablari faoliyat boshladi.

    10 noyabr. Qashqadaryo viloyatida «Aqida» ilmi maktabining ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

    13 noyabr. Buxoro viloyatida Bahouddin Naqshband tasavvuf ilmiy maktabi faoliyat boshladi.

    14 noyabr. Farg`onada Islom huquqi maktabi ochildi.

    15 noyabr. Andijon shahrida «Islom — tinchlik va ezgulik dini» mavzuida diniy soha xodimlarining Respublika anjumani bo`lib o`tdi.

    13 noyabr. Diniy ta`lim muassasalarida «Qur`oni karim va tajvid» hamda «Arab tili» fanlari bo`yicha pullik o`quv kurslari tashkil etilishi ma`lum qilindi.

    3 dekabr. O`zbekistondagi Islom sivilizasiya markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi, Toshkent islom universiteti va Oksford islom tadqiqotlar markazi o`rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

    15 dekabr. O`zbekiston Prezidentining «O`zbekiston Islom akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori e`lon qilindi.

    16 dekabr. O`zbekiston Prezidenti Nukus shahrida yangidan qurib bitkazilgan «Imom eshon Muhammad» jome masjidiga tashrif buyurdi.

    21—22 dekabr kunlari O`zbekiston delegasiyasi Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida «2017 yil — Islom hamjihatligi yili: dinlararo va madaniyatlararo muloqot» nomli xalqaro anjumanda ishtirok etdi.

    22 dekabr. O`zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan barcha ishtirok etishi mumkin bo`lgan Qur`oni karim qiroati musobaqasi o`tkazilishi e`lon qilindi.

    28 dekabr. O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev «2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida»gi farmonni imzoladi. Farmon sharhida qayd etilishicha, 2018 yildan Qurbon Hayit va Ramazon Hayit bayramlarida uch kunlik dam olish kunlarini belgilash ko`zda tutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1