AsosiySiyosat

2018 YILGI DAVLAT DASTURI KENG JAMOATChILIK MUHOKAMASIGA QO`YILADI

'2018 YILGI DAVLAT DASTURI KENG JAMOATChILIK MUHOKAMASIGA QO`YILADI'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev 28 dekabr kuni “Faol tadbirkorlik, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili” yilida 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasini ishlab chiqishning tashkiliy chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoyishni imzoladi.

Farmoyishga ko`ra, Prezidentning Davlat maslahatchisi Otabek Murodov boshchiligida dastur loyihasini tayyorlash bo`yicha jamlovchi ishchi guruhi tashkil etildi. Ishchi guruh zimmasiga 2017 yilda Harakatlar strategiyasini amalga oshirishni tanqidiy tahlildan o`tkazish, yo`l qo`yilgan kamchiliklarni aniqlash, jamoatchilik, milliy va xalqaro ekspertlar fikrini o`rganish natijalarini jamlash vazifasi topshirilgan.

Dastur loyihasi 2018 yilning 5 yanvariga qadar tayyor bo`lishi kerak, so`ng 5-15 yanvar kunlari loyihaning keng jamoatchilik muhokamasi o`tkaziladi. Ushbu muhokama natijalari va kelib tushgan takliflar tahlili asosida 20 yanvar kuniga qadar davlat dasturining yakuniy loyihasi tayyorlanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar