THE NEW YORK TIMES: «O`ZBEKISTON O`Z EShIKLARINI OChMOQDA»

Siyosat 30.12.2017, 16:19
THE NEW YORK TIMES: «O`ZBEKISTON O`Z EShIKLARINI OChMOQDA»

AQShning The New York Times nashri 2017 yil 27 noyabr kuni «O`zbekiston o`z eshiklarini ochmoqda» sarlavhali maqola e`lon qildi. Unda O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev iqtisodiyotni isloh etishni boshlagani ta`kidlangan. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jahon banki 2017 yilda O`zbekiston biznes yuritish sharoitlarni sezilarli darajada engillashtirgan o`nta davlat qatoriga kirgani haqida xabar berib, korxonalarni ro`yxatdan o`tkazish, qurilishga ruxsat olish, minoritar investorlarni himoya qilish, soliqqa tortish va elektr ta`minoti tizimiga ulash sohalarida amalga oshirilgan islohotlarni qayd etdi.

Jahon bankining biznes yuritish sharoitlarining qulayligiga baho beradigan Doing Business reytingida O`zbekiston 190 mamlakat ichida 74-o`rinni egallab, Xitoy va Ukrainani ortda qoldirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1