FIFA Rossiya terma jamoasini shu yilning yozida Braziliyada o`tadigan jahon chempionatidan chetlatish rejasi yo`q. Shuningdek, Rossiya 2018 yilgi jahon chempionatini o`tkazish huquqini saqlab qolmoqda. Bu haqda FIFA bosh kotibi Jerom Valkning AQShning ikki senatori - Mark Kerk hamda Den Koutsga yozgan xatida ma`lum qilingan.
7 mart kuni AQShning respublikachilar partiyasi vakillari FIFA prezidenti Yozef Blatterdan Rossiyani Ukrainaga nisbatan harakatlari ushbu mamlakat terma jamoasini FIFAga a`zoligini to`xtatishni hamda ularni halqaro maydondan chetlatishni so`rashgan edi. Shuningdek, ular 2018 yilgi jahon chempionatini ham Rossiyadan tortib olishni so`rashgan.
FIFA rahbarligidagi musobaqalarda yoki jahon chempionatlarida terma jamoalar qatnashishi sport bilan bog`liq. Faqatgina tartib yoki qoida buzilishi jamoani FIFA a`zoligidan chiqarishi yoki biror musobaqadan chetlatishi uchun sabab bo`la oladi,-deyiladi javob xatida.