O`zbekistonda statistika axborotlarining maksimal darajada shaffofligini ta`minlash maqsadida xalqaro statistik tashkilotlar bilan hamkorlik kengaymoqda.
Endilikda barcha mahalliy va xorijiy foydalanuvchilar uchun respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy ko`rsatkichlari real faktorlar asosida xalqaro amaliyotda qo`llanilayotgan tizim orqali kuzatuv olib boriladi. Shu maqsadda Davlat statistika qo`mitasi hamkor vazirlik va tashkilotlar bilan Xalqaro valyuta fondining kengaytirilgan Ma`lumotlarini tarqatishning umumiy tizimi (XVF k-MTUT) ga ulanish bo`yicha ish olib bormoqda.
O`zbekiston tarqatayotgan rasmiy axborotlarning nechog`lik ochiq-oshkoraligi, ma`lumotlarning haqqoniyligini kuzatish maqsadida Xalqaro valyuta fondi maxsus ekspertlar guruhining 2018 yil yanvar-fevral oylarida yurtimizga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi xabar berdi.