1

GOOGLE YaNGI – UNIVERSAL OPERASION TIZIMNI TAQDIM ETDI

Hi-tech 03.01.2018, 17:20
GOOGLE YaNGI – UNIVERSAL OPERASION TIZIMNI TAQDIM ETDI

Hozirda aksariyat smartfonlar va planshetlarda qo`llanayotgan Android operasion tizimining ayrim kamchiliklari mavjudki, Google korporasiyasi ularni hal etib tugata olmayapti. Masalan, har bir modeldagi qurilma uchun operasion tizim yangilanishlarini chiqarish – smartfonsozlar uchun ortiqcha bosh og`rig`idir. Shu sababli, Google kompaniyasi Android bilan birga, parallel tarzda yana bir operasion tizimi ustida ham uch yildan beri ishlab kelayotir.

2018 yilning 2 yanvarida, umuman kutilmaganda Google kompaniyasi o`zining Fuchsia OS operasion tizimini taqdim etdi, deb ma`lum qildi Terabayt.uz nashri. Bu – Chrome OS va Android tizimlarining oralig`idagi o`ziga xos bir ishlanma bo`lib, universalligi bilan e`tiborli. Yangi operasion tizim dasturlashning eng yangi tillaridan foydalangan holda yozilgan.

Hozirda Fuchsia OS operasion tizimini «qidiruv giganti»ning noutbuklari – Pixelbook qurilmalariga bemalol o`rnatib olish mumkin. Bundan tashqari, Google mazkur tizimning nozikliklari va o`ziga xos jihatlari bilan dasturchilarni tanishtirish uchun rasmiy hujjatlarni ham tarqatgan.

Fuchsia OS yaqin kelajakda Android o`rnini butkul egallashi aytilayotir. Universalligi bois, uni nafaqat smartfon, planshet va noutbuklar, balki hatto televizorlarga ham o`rnatish mumkin bo`ladi. Yana qisqa muddatlar ichida uni hatto smart-soatlarga ham o`rnatish nazarda tutilgan.

Bulardan tashqari, Fuchsia OS operasion tizimining o`z uslubi bor – u iOS 11 uslubidan ham minimalistik interfeysga ega. Mazkur tizimda Google chiroyli va sodda dizaynga ko`proq ahamiyat qaratgan.

Demak, hozirdanoq Pixelbook’larga o`rnatish mumkin bo`lgan Fuchsia OS operasion tizimining smartfonlar uchun ham ochiq taqdim etilishini kutamiz.







Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1