Rossiyaning Qizil Polyana etnoparki hududida ilk marotaba qorli mehmonxona ochildi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Uning qurilishida asosiy qurilish materiali sifatida Kavkaz yonbag`irlaridan olib kelingan toza qor xizmat qildi. Toqqa nafaqat chang`i trassalarida uchish uchun kelgan chang`ichilarga, balki sayyohlarga ham chinakam shimol bug`ularida sayr qilish taklif etildi. Bug`u fermasidagi Shimoliy ekzotika kamlik qilganlarga “Gazprom” Rossiyada yagona bo`lgan qorli mexmonxonani ochdi.
Uning eskimoslarning oddiy qorli uyidan farqi hajmidadir: shiftining balandligi 5 metr atrofida, devorlarning qalinligi esa 2 metrni tashkil etadi. Bu esa bino ichida etarlicha qulay haroratni yaratadi. Mehmonlar uchun ulkan ayiq terisi yopilgan karavotlar ham qo`yildi.
Mehmonxona endigina ochilganiga qaramay, bir necha hafta oldindan band etilmoqda. Sayyohlar ataylab qorli mehmonxonani tomosha qilish uchun turli shaharlardan tashrif buyurishdi. Bu erga kelish uchun asosiysi ob-havo sharoiti yaxshi bo`lishi lozim.






