Shveysariyada kuchli shamol oqibatida poezd relsdan chiqib ketdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Mazkur voqea 3 yanvar kuni Bern kantonida, Lenk shahri yaqinida yuz bergan. Halokat oqibatda sakkiz kishi jarohat oldi.
Mazkur voqea aks etgan video Youtu.be kanaliga joylashtirilgan.
Shu kuni Shveysariyaga «Burglind» qishki bo`roni yopirilgan. Shamolning tezligi soatiga 200 kilometrni tashkil qilgan. Avtomobil va temiryo`l qatnovi vaqtincha to`xtatib qo`yilgan. Qariyb 100 mingta uy elektr ta`minotidan uzilib, chiroqsiz qolgan.






