O`zbek shou biznesida rep yo`nalishiga asos solgan Shohrux 2017 yildan boshlab siyosiy sohada faollashdi. Ayni kunlarda u, O`zbekiston Liberal Demokratik partiyasiga a`zosi. Bunday qaror qabul qilishiga nima sabab bo`ldi? Savolimizga aniq javobni bilish maqsadida uning o`zi bilan bog`landik.
— Shu kungacha jurnalistlarga bergan deyarli barcha intervyularimda, xonandalik men uchun shunchaki, xobbi ekanini ko`p bora ta`kidlaganman. Erkak kishiga 40 hunar oz, deb bekorga aytishmaydiku.

Ta`lim olgan yo`nalishimda ishlashni istadim. Ilk qadamlar ham tashlandi. O`tgan yilning so`nggida o`tkazilgan deputatlik saylovida Sanakulov Umid Kuvondikovich ishonchli vakili sifatida ishladim. Bundan keyin ham tajriba, bilim va dunyo qarashimni kengaytirib, o`rganganimni xalqim uchun safarbar qilmoqmoqchiman.






