1

O`zgidromet: O`zbekistonda qor 30 aprelda ham yoqqan

Jamiyat 07.04.2014, 15:01
O`zgidromet: O`zbekistonda qor 30 aprelda ham yoqqan

Sinoptiklar 7 aprel kuni Toshkentga yoqqan qorni sharhlashdi.

O`zgidromet mutaxassislarining uz24.uz nashriga xabar berishicha, “7 aprel kuni O`zbekiston hududiga sovuq havo Rossiyaning Povolojya tumanlaridan kelgan”.

”Qozog`iston janubidan kelayotgan sovuq havo hisobiga Toshkent viloyatining alohida tumanlarida soat 6 dan 11 gacha qorga aylangan yomg`ir yoqqan.

Aprelda qor yog`ishi kamyob holat, biroq ushbu holatni noyob deb ham bo`lmaydi.

O`tgan yillardan beri Toshkentda qor 2011 yilning 3 aprelida va 2005 yilning 5 va 6 aprelida, yomg`irning qorga aylanishining eng kech muddati Toshkentda 1989 yilning 30 aprelda qayd etilgan”.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1