1

BUXORO ISLOM MADANIYaTI POYTAXTI BO`LADI

Madaniyat 07.01.2018, 12:27
BUXORO ISLOM MADANIYaTI POYTAXTI BO`LADI
Islom hamkorlik tashkiloti har yili musulmon mamlakatlaridagi 3 ta shaharni Islom madaniyati poytaxti deb e`lon qiladi. Ularning biri arab mamlakatlaridan, boshqasi Osiyo va uchinchisi Afrikadagi musulmon mamlakatlardagi shaharlardir.

Tashkilotdagi madaniyat vazirlari IX Islom konferensiyasi tomonidan 2020 yilda Buxoro, Qohira (Misr) va Bamako (Mali) shaharlari Islom madaniyati poytaxti sifatida tasdiqlangan.

Aslida Buxoroi sharif bir necha asrlar davomida Islom madaniyati poytaxti bo`lib kelgan. Uning “Qubbatul Islom”, ya`ni “Islom gumbazi” deb nomlangani ham bejiz emas. Tashkilot tomonidan ushbu shaharning Islom madaniyati poytaxti deb e`tirof etilishi asrlar davomida ushbu shahar va undan chiqqan olimlarning Islom sivilizasiyasiga qo`shgan hissasini yana bir bor tasdig`i hisoblanadi.

Eslatib o`tamiz, 2007 yil Toshkent shahri Islom hamkorlik tashkilotining (ISESCO) “Fan, ta`lim va madaniyat” tuzilmasi tomonidan Islom madaniyati poytaxti deb e`lon qilingan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1