1

Toshkentdagi Inha universiteti qaerda joylashishi ma`lum bo`ldi

Jamiyat 07.04.2014, 15:25
Toshkentdagi Inha universiteti qaerda joylashishi ma`lum bo`ldi

O`zbekiston hukumati xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo`mitasiga Inxa universitetiga Ziyolilar ko`chasi (sobiq Asom Muhitdinov)dagi 9-bino va qurilishi tugallanmagan 13-a binoni barcha yon hududlar va muhandisdik kommunikasiyalari bilan birga Inha universitetiga sotish topshirig`ini berdi.

Ushbu sotuvdan tushgan mablag` Fanlar Akademiyasining Fundamental kutubxonasini modernizasiya qilish, unga qarashli ilmiy muassasalarning ilmiy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy yuqori texnologiyali ilmiy jihozlarni sotib olinishiga sarflanadi, deya xabar beradi Podrobno.uz nashri.

Binolar majmuini loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurish bo`yicha pudratchi sifatida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti ishlar Boshqarmasining Qurilish birlashmasi tayinlangan. Sotilayotgan binolarda joylashgan Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti, “Fan” nashriyoti va Tarix instituti Shaxrisabz ko`chasidagi 5-binoga ko`chiriladi.

2014 yilning yakuniga qadar Universitetning o`quv majmuasini kengaytirish, yon hududlarda yangi binolar, shu jumladan jalb qilinayotgan xorij mutuxassislari uchun sharoit yaratish maqsadida yotoqxonalar qurish takliflari ishlab chiqiladi.

Ta`kidlash joizki, shu oyning oxirida Universitetning asosiy o`quv binosi rekonstruksiyasi dizayni ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

2014/2015 o`quv yiliga abiturientlardan hujjatlarni qabul qilish iyun-iyul oylarida amalga oshirilib, iyulning ikkinchi yarmida abiturientlarni testdan o`tkaziladi va suhbat olib boriladi. O`quv jarayoni 2014 yil 1 oktyabrdan boshlanadi.

Toshkentdagi Inha universitetida mutaxassilarni tayyorlashning asosiy yo`nalishlari (mutaxassisliklari) kompyuter injiniringi, dasturiy injiniring va kompyuter tarmoqlari injiniringi ekanligini eslatib o`tamiz.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1