AsosiyDunyo

“TAXT O`YINLARI” YuLDUZINI NYu-YORKDAGI BARDAN HAYDAB ChIQARIShDI

'“TAXT O`YINLARI” YuLDUZINI NYu-YORKDAGI BARDAN HAYDAB ChIQARIShDI'ning rasmi

Mashhur “Taxt o`yinlari” serialidagi Jon Snou roli bilan tanilgan aktyor Kit Haringtonni Nyu-Yorkdagi bardan sarxushligi uchun haydab chiqarishdi, deb yozadi Vesti.ru.

Mojaro 5 yanvar kuni Barfly qovoqxonasida sodir bo`lgan. Harington bir qo`l bilyard o`ynamoqchi bo`ladi, hayhot, o`sha damda u o`ta mast holatida edi va arang oyoqda turardi. Atrofdagilarga yopishib, bilyard o`ynayotganlarning qo`llaridan kiyni yulqib tortib ola boshlagach, 31 yoshni qoralagan aktyorni xushmuomalalik bilan barni tark etishini so`rashadi. Harington rozi bo`ladi. Biroz vaqtdan so`ng yana qaytib kelgani uchun uni ko`chaga sudrab olib chiqishadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar