Sahnada prodyuser Maksim Fadeev Nargiz Zokirovaga uzuk taqdim etgan hamda ko`pchilik guvohligida uning qo`liga o`tkazgan. Bu haqda Nargiz Zokirova o`zining Instagramdagi sahifasida ma`lum qilgan. Bundan xabar topgan muxlislar ularning turmush qurishi bilan tabriklashmoqda. Fadeev muxlislarining bildirishicha, prodyuser o`z oilasi bilan baxtli hayot kechirmoqda.

Eslatib o`tamiz, Nargiz Zokirova Toshkent shahrida tug`ilgan, umrining asosiy qismini AQShda o`tkazgan. Ayni paytda Moskva shahrida istiqomat qiladi. 2013 yilda “Golos” teleloyihasida 2-o`rinni egallagan. Maksim Fadeev bilan 2014 yildan buyon hamkorlik qilib kelmoqda.






