AsosiyDunyo

QATARLIK ZIYoRATChILAR SAUDIYa ARABISTONIGA KIRITILMADI

'QATARLIK ZIYoRATChILAR SAUDIYa ARABISTONIGA KIRITILMADI'ning rasmi

O`tgan yilning yozida Saudiya Arabistoni, Bahrayn, BAA va Misr Qatar bilan diplomatik aloqalarni to`xtatgan va ushbu mamlakat bilan transport qatnovini uzgan edi.

Joriy haftada umra safari uchun kelgan 20 nafar qatarlik Saudiya Arabistonidan deportasiya qilindi. Bundan avval esa ular ikki kun ushlab turilgan. Shu tariqa qatarliklarning umra ziyoratini amalga oshirishiga imkon berilmadi.

Qatar ommaviy axborot vositalari Saudiya Arabistonining ushbu harakatini qattiq tanqid qildi va mazkur mamlakatni “diniy ibodatlarni siyosiylashtirish”da aybladi. Bu haqda Azon.uz xabar qildi.

    Boshqa yangiliklar