Ijtimoiy tarmoqlarda Saudiya Arabistonining mahalliy shifoxonalaridan birida yuz bergan ko`ngilsiz hodisa aks etgan video qizg`in muhokamalarga sabab bo`ldi, deb xabar berdi 5-tv.ru nashri.
Mazkur videoda shifoxonadagi bir necha hamshiralar jonlantirish bo`limiga infeksiya bilan tushgan chaqaloqni masxara qilib, qiynashgan. Ular bu qilmishlarini videoga yozib olishgan. Video internetda paydo bo`lgandan keyin undagi “qahramonlar” qidirila boshlangan.
Polisiya bu ishni amalga oshirgan hamshiralarni aniqladi. Ular bu kasb bo`yicha ishlash huquqidan mahrum etildilar.
Bolakayning otasi ko`rganlaridan karaxt holga tushganini aytgan: uning farzandi intensiv davolanish palatasida 10 kun davomida qolgan va u tibbiyot xodimlari bunday razillikka borishlarini xayoliga ham keltirmagan.






